Ïðèìåð: Òðàíñïîðòíàÿ ëîãèñòèêà
ß èùó:
Íà ãëàâíóþ  |  Äîáàâèòü â èçáðàííîå  

Ñòðàõîâàíèå /

Èíâåñòèöèè ñòðàõîâûõ êîìïàíèé

←ïðåäûäóùàÿ  ñëåäóþùàÿ→
1 2 



Ñêà÷àòü ðåôåðàò


O’zbekiston Aloqa va Ahborotlashtirish Agentligi

Toshkent Axborot Tehnologiyalari Universiteti

Fundamental Fanlar Fakulteti

Iqtisodiyot Kafedrasi

Sug’urta ishi

121-03 Mu

Mavzu: Sug’urta kompaniyalarining investitsion imkoniyatlaridan axborotlashtirish sohasida foydalanish

Tekshirdi: Aminova Gulnora

Bajardi: Tairov Samir

Toshkent 2004.

Sug’urta kompaniyalarining investitsion imkoniyat laridan axborotlashtirish sohasida foydalanish.

Reja:

1. Kirish:

a) Investistsiya, sarmoya tushunchasi;

b) Sug’urta kompaniyalari mablag’lari miqdori va manbalari.

c) Axborotlashtirish sohasi.

2. Asosiy qism:

a) Sarmoya kiritishning sug’urta kompaniyasi uchun va aloqa sohasiga samarasi.

b) Investitsiyaning imkoniyatlari va qo’llanish doirasi.

c) Amaliyotga tatbiqi.

3. Xulosa:

a) Investitsiyaning ahamiyati.

"Bugungi kunda informatsiya tizimini shakllantirish jarayonida Internet va boshqa global axborot tizimlaridan keng foydalanish, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish XXI asrda mamlakat taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi".

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

I.A.Karimov

I.

a)Investistsiya, sarmoya tushunchasi;

Investitsiya- bu ma’lum miqdorda pul malag’lariga ega bo’lgan ho’jalik sub’ektlarining foyda olish maqsadida pul mablag’larini ma’lum korhonalarga yoki yangi ish boshlashni ko’zlagan holda biror tarmoq miqyosiga kiritilishi tushuniladi.

Sarmoya esa investitsiya so’zini o’zbek tilida tarjimasidir.

Bozor iqtisodiyotiga o’tishda tarmoqlarning rivojiga investitsiyalarning o’rni juda kattadir. Chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat hamma ham tormoqlarni birdek qo’llab-quvvatlay o’lmaydi. Demak, ularning yagona moddiy manbalari bu tashqaridagi sarmoyadorlar hisoblanadilar. Ularning katta qismi rivojlangan davlatlardagi sarmoyadorlaridir. Lekin hozirda O’zbekistonnig ayrim korhonalari ham sarmoyadorlik imkoniyatlariga ega bo’lib qoldi.

b)Sug’urta kompaniyalari mablag’lari miqdori va manbalari.

Bu tashkilotlar asosan moliyaviy institutlardir. Ularning eng asosiylari bu sug’urta kompaniyalaridir. Sababi, sug’urta fondlari juda katta pul mablag’lariga egadir. Bu sug’urta kompaniyalariga sarmoya kiritish, investitsion imkoniyatlarini yaratadi. Albatta bunday faoliyat kompaniya nizomida ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Mahalliy sug’urta kompaniyalarining investitsion imkoniyatlari chet-ellik investorlarinikidan afzalroq. Chunkichet-eldan kirib kelgan sarmoya deyarli qarz deganidir, ya’ni har bir kiritilgan yangi sarmoya albatta uning egasiga bir kun kelib qaytarilishi kerak. Hozirda O’zbekistonda sarmoyalarga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Hukumat oddiy individlardan ko’ra katta investorlarga e’tiborini ko’proq qaratib, ularning ish yuritishlari uchun keng miqyosda shart-sharoitlar yaratilib berilmoqda.Buning albatta oz’ sabablari mavjud. Masalan: investitsiya hisobidan O’zbekistonga kirib kelayotgan katta miqdordagi horijiy valutalar iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydi, inflyatsiya darajasini pasaytiradi.

c) Axborotlashtirish sohasi.

Axborotlashtirish deganda nafaqat telekomunikatsiya tizimlari, balki axborot tehnologiyalari hamda vositalari ham tushuniladi.bugungi kunga kelib butun dunyo bo’ylab “kompyuter revolutsiya” si davom etib kelmoqda. Hususan O’zbekistonda ham bu jarayon jadal rivoj topa borayapti. Bu sohaning samaradorligi ko’pgina sarmoyadorlarni o’ziga jalb qila olmoqda. Jahon bozorining talabi bilan barcha mavjud korhona va tashkilotlar avtomatizatsiyalashgan tizimga o’ta bormoqda. Bu o’z vaqtida axborotlashtirish hizmatlariga bo’lgan talabni tobora ortirmoqda.

Axborotlashtirish tarmog’iga quyidagi turdagi korxonalar kiradi:

1) uyali aloqa hizmatlarini ko’rsatuvchi korxonalar

2) internet tarmog’iga ulash hizmatlarini ko’rsatuvchi korhonalar

3) pochta hizmatlarini ko’rsatuvchi korxonalar radio va 4) television uzatish tashkilotlari

5) dasturiy ta’minotlar ishlab chiqaradigan korxonalar

va boshqalar.

2. Asosiy qism

a) Sarmoya kiritishning sug’urta kompaniyasi uchun va aloqa sohasiga samarasi.

Hozirda rivojlanib borayotgan davlatlar bir birlari bilan raqobatlashgan holda horijiy investorlarni ozlariga jalb qilmoqdalar. Bularning ichida O’zbekiston ham bor. Albatta investorlarning miqdori iqtisoqiyotning hamma sohalariga birdek taqsimlanmaydi. Chunki sarmoyador o’ziga iloji boricha foydaliroq sohani tanlashga harakat qiladi. Bundan kelib chiqqan holda, korxonalar faqatgina horijiy investoralrga tayanib qolmasdan mablag’ jalb etishning boshqa yo’llarini ham qidirishi lozimdir. Bundan tashqari sohaning butunlay horijiy korxonalarga bog’liq bo’lib qolishi xalq ho’jaligimiz uchun noqulaydir.

Hususan aloqa sohasiga hozirda horijiy firmalarning integratsiyasi juda katta salmoqlar bilan davom etib kelmoqda. Buning albatta salbiy tomonlari mavjud. Chunki bu investorlarlar sohaning faqatgina rentabellik tomonlarini egallamoqdalar. Masalan: uyali aloqa sohasi. Pochta hizmati sohasi kabi sohalar esa e’tibordan chetda qolib ketmoqda. Bu sohani butunligicha rivojlanishiga to’sqinlik qilmoqda.

Bu borada mahalliy sarmoyador ko’proq ma’lumotlarga egadir. Biz tahlil qilayotgan ikki o’bektga keladigan bo’lsak axborotlashtirish uchun sug’urta kompaniyasidan sarmoya qabul qilishining foydaligi shundaki tarmoq bu sarmoyani hali rivoj topmagan sohasiga jalb eta olish imkoniyatiga egadir, sug’urta kompaniyasi esa bo’sh yotgan mablag’larini samarali ravishda ishlatgani holda yana davlat kafolatlariga ega bo’ladi, ya’ni oz mablag’larini behuda sarflamasligiga ishinchi komil bo’ladi.

b) Investitsiyaning imkoniyatlari va qo’llanish doirasi.

Yoqorirda pochta hizmati sohasini etarli darajada rivojlanmagan deb ta’kidlab o’tdim. Investitsiyaning imkoniyatlari va qo’llanish doirasi aynan shu soha miqyosida misol keltirib o’taman.

O’zbekistonda pochta hizmatini ko’rsatadigan yagona milliy korxona mavjud. U ham bo’lsa “O’zbekiston pochtasi DAJ”dir. Albatta hech bir milliy sug’urta kompaniyasining sarmoyasi “TNT” , “FedEX”, “DHL” kabi yirik xalqaro pochta hizmatini ko’rsatuvchi korhonalar yaratishga etmaydi. Lekin O’zbekiston Pochtasi DAJ iga analog sifatida korxonalar yaratish mumkin va bu korxonalarni O’zbekiston miqyosida yoki MDH miqyosida ishlatish mumkindir.

Investitsiyalarni yana bir samarali ishlatish mumkin bo’lgan yana bir soha bu dasturiy ta’minotlar ishlab chiqarish sohasidir. Ozbekistonda bunday korxanalarni qo’lda sanasa bo’ladi. Sababi ular lisenziyasi va kadrlari juda qimmat turadi. Chinki ishlab chiqilgan dasturlar ko’pincha uzoq muddatga mo’ljallangan bo’ladi. Demak bu dasturga doimiy ravishda hizmat ko’rsatib turish kerak bo’ladi. Shuning uchun ko’p dasturchilar yakka tartibda ish olib boradilar. Biror yirik korxonaga katta dasturlar kerak bo’lib qolsa, bu korxona har xil joylardan dasturchilarni qidirib yuradi.

Mening fikrimcha agar mana shu sohaga sarmoyalar jalb qilinsa, ular albatta samara beradilar.

c) Amaliyotga tatbiqi.

Amaliyotga tatbiqi sifatida O’zbekinvest investitsiya kompaniyasining bu boradagi ishlari haqida internetdan olingan ma’lumotlarni keltiraman.

«O`zbekinvest SARMOYALARI» Investitsiya kompaniyasi 1997 yil 25 mayda «O`zbekinvest» eksport-import Milliy sug`urta kompaniyasi tomonidan moliya bozorida kompaniya aktivlarini samaraliroq joylashtirish hamda sug`urta kompaniyalarining va investorlarning qimmatbaho qog`ozlar bozorlarida investitsion faolligini oshirish imkoniyatini yaratish maqsadlarida tashkil etildi.

Investitsiya kompaniyasining asosiy vazifasi bo`lib O`zbekiston Respublikasida hamda undan tashqarida o`zining va ta'sischlarining jalb etilgan pul mablag`larini davlat va korporativ qimmatbaho qog`ozlariga investitsiya qilish, uning filiallari va boshqa investorlarining moliyaviy salohiyatini oshirish hisoblanadi.

Faoliyatining asosiy yo`nalishlaridan biri bo`lib quyidagilar hisoblanadi:

• brokerlik

• dilerlik

• anderrayterlik

• nominal saqlovchilik.

p>

O`z

←ïðåäûäóùàÿ  ñëåäóþùàÿ→
1 2 



Copyright © 2005—2007 «Mark5»