Ïðèìåð: Òðàíñïîðòíàÿ ëîãèñòèêà
ß èùó:
Íà ãëàâíóþ  |  Äîáàâèòü â èçáðàííîå  

Ñòðàõîâàíèå /

Èíâåñòèöèè ñòðàõîâûõ êîìïàíèé

←ïðåäûäóùàÿ ñëåäóþùàÿ→  
1 2 



Ñêà÷àòü ðåôåðàò


p>

O`z faoliyatining boshidanoq kompaniya qimmatbaho qog`ozlar bozorida faol ishtirok etib, Qimmatbaho qog`ozlar bozorining faoliyatini tartibga solish va nazorat etish markazining investitsiya kompaniyasi, investitsiya vositachisi, nominal saqlovichisi sifatida faoliyat ko`rsatishga huquq beruvchi litsenziyasiga ega. Shuningdek qimmatbaho qog`ozlar bozori mutaxassislarini tayyorlash Milliy markazining "Ko`chmas mulk bilan operatsiyalar" kursi bo`yicha sertifikati mavjud. Kompaniya "Toshkent" Respublika Fond Birjasida 241-sonli brokerlik idorasiga, shuningdek Respublika va Shahar munitsipal ko`chmas mulk birjalarida brokerlik joylariga ega.

"O`zbekinvest Sarmoyalari" Investitsiya kompaniyasi O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan Davlat qisqa muddatli obligatsiyalar bozorida dilerlik vazifasini bajarish uchun shartnoma tuzgan bank tizimiga kirmagan yagona tuzilma hisoblanadi.

Faoliyatining asosiy yo`nalishlari:

• mablag`larni qimmatbaho qog`ozlarga qo`yish;

• O`z nomidan va hisobidan, jumladan qimmatbaho qog`ozlarning baholarining o`zgarishlari va mijoz mablag`lari hisobiga oldi-sotdi amallarini bajarish;

• qimmatbaho qog`ozlar bozorida vositachilik, o`z ichiga quyidagilarni oladi:

a) dilerlik faoliyati - ushbu qimmatbaho qog`ozlar sotib olish va (yoki) sotish bahosini e'lon qilgan holda e'lon qilingan baholar bo`yicha oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish;

b) brokerlik faoliyati - topshiriq yoki komissiya shartnomalari asosida faoliyat yurituvchi vakolatli shaxs yoki komissioner sifatida qimmatbaho qog`ozlar bilan fuqarolik-huquqiy bitimlarni tuzish;

v) qimmatbaho qog`ozlarning nominal saqlovchisi faoliyati -qimmatbaho qog`ozlarning egasi bo`lmagan holda boshqa shaxsning (qimmatbaho qog`ozlar egasi yoki boshqa vakolatli saqlovchi) topshirig`iga ko`ra o`z nomidan aktsiyalarni saqlovchi shaxs;

g) anderrayterlik xizmatlari (qimmatbaho qog`ozlarni chiqarishda, tarqatishda va bahosini shakllantirishda ko`maklashish);

d) korporativ qimmatbaho qog`ozlar bilan birjada va birja tashqarisida amalga oshiriladigan bitimlarni kuzatib borish bo`yicha xizmatlar taqdim etish;

e) ko`chmas mulk bozorida xizmatlar ko`rsatish.

Investitsiyalarni amalga oshirishning asosiy yo`nalishlari:

• davlat qimmatbaho qog`ozlari;

• korporativ obligatsiyalar;

• quyidagi idora, uyushma va kompaniyalarning emitentlarining aktsiyalari:

a) O`zbekneftgaz;

b) O`znonmahsulot;

v) Qishloq va suv xo`jaligi Vazirligi;

g) Tashqi iqtisodiy aloqlar Agentligi;

d) O`zyog`moytamakisanoat;

e) Energetika Vazirligi;

j) O`zpaxtasanoat;

z) Kimyo sanoati Vazirligi;

i) Yuk tashish agentligi;

k) O`zfarmsanoat;

l) O`zqurilishmateriallari.

m) O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi

"O`zbekinvest Sarmoyalari" tashkil etilgan paytdan buyon «O`zbekinvest» sug`urta kompaniyasining o`zi hamda boshqa investorlarning aktivlarini jalb etish orqali O`zbekiston Respublikasining xususiylashtirish dasturini amalga oshirishda faol ishtirok etib kelmoqda.

Bugungi kunga kelib kompaniya qimmatbaho qog`ozlar bozorida o`z strategiyasini aniq belgilab olib, moliya bozorini sifatli tahlil etish, bozor infratuzilmasining o`zgarishlariga tez aks harakat qilish, likvidlikni ushlab turish, daromadning ortishi va qo`yilmalarning qaltisligini kamaytirish, har bir mijozga malakali yondashish, moslashuvchan sharoitlarda belgilanadigan past tariflar va komission yig`imlardan iborat.

"Toshkent" Respublika fond birjasining amaliyotlar zalida jismoniy va yuridik shaxslarga Aktsiyadorlik jamiyatlarining, korxonalarning korporativ obligatsiyalarini sotib olish bo`yicha brokerlik xizmatlarini ko`rsatish uchun Kompaniyaning Front-ofisi ochilgan.

2002 yildan buyon Kompaniya “Carthill Assets Management Company” Xalqaro emissiya sindikatining hamda Invetitsiya institutlari Milliy Uyushmasining a'zosidir. Kompaniya O`zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki, Xalqaro emissiya sindikati hamda boshqa investitsiya institutlari va banklari ishlab chiqqan dasturlarda O`zbekiston Respublikasi emitentlarining korporativ obligatsiyalarini joylashtirish bo`yicha anderrayter bo`lib ishtirok etadi.

Davlat vakolatiga ega O`zbekiston Respublikasi Qimmatbaho qog`ozlar bozorining faoliyatini tartibga solish va nazorat etish markazi tomonidan 2002 yil yakunlariga ko`ra "O`zbekinvest Sarmoyalari" Investitsiya kompaniyasi "Yilning eng yaxshi kompaniyasi" deb tan olindi.

Bizning hamkorlar:

• "Toshkent" Respublika fond birjasi

• O`zbek Respublika valyuta birjasi

• Respublika ko`chmas mulk birjasi

• Markaziy depozitariy

• "Davinkom" Davlat investitsion kompaniyasi

• "Carthill Assets Management Company" Xalqaro emissiya sindikati

• "Vaqt" ikkilamchi bozor depozitariysi

• "Elsis-Kliring" hisob-kliring palatasi

Hususan bu kompaniyaning faoliyatidagi ahamiyatli tomonlaridan uning yangi sug’urta polisini ochganligini keltirish mumkin. Bu ham bo’lsa O’zbekinvest kompaniyasining SARKOR telekom kompaniyasi bilan hamkorlikdagi loyihasidir. Bunda Sarkor telecom kompaniyasining internet kartaliri bilan birgalikda O’zbekinvest kompaniyasining sug’urta polislarini sotishdir.

3. Xulosa.

Investitsiyaning ahamiyati.

Shunday qilib investitsiya iqtisodiyotning qolgan barcha tarmoqlaridagi singari axborotlashtirish sohasida ham muhim o’rin egallaydi. Albatta investitsiyaning samaradorligini oshirish uchun juda puhta o’ylangan investitsiya siyosatini yuritish kerak. Chunki hozirda investitsiyalash bilan bog’liq qator muammolar aynan siyosiy-ijtimoiy qiyinchiliklar tufayli yuz bermoqdalar.

Investitsiyaning axborotlashtirish sohasidagi imkoniyatlari juda keng. Ulardan maksimal darajada foydalanish uchun qonunlarni va yurboshimiz bo’lmish muhtaram prezidentimiz I.A Karimovning ishlab chiqqan farmon va buyruqlarini mukammal bilishimiz zarur.


←ïðåäûäóùàÿ ñëåäóþùàÿ→  
1 2 



Copyright © 2005—2007 «Mark5»